1

OAV: Bosh vazir Abdulla Aripov So`x chegarasidagi hodisa yuzasidan Qirg`iston bosh vaziri bilan uchrashadi

Siyosat 01.06.2020, 09:55
OAV: Bosh vazir Abdulla Aripov  So`x chegarasidagi hodisa yuzasidan Qirg`iston bosh vaziri bilan uchrashadi

Bugun, 1 iyun kuni O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg`izistonning Botken viloyatida Qirg`iziston Bosh vazirining birinchi o`rinbosari (io bosh vazir) Kubatbek Boronov bilan uchrashadi. Bu haqda "Kaktus.media" sayti yozmoqda.

Uchrashuvda chegaradagi Chashma bulog`i oldida yuz bergan hodisa muhokama qilinadi.

Eslatib o`tamiz, kecha, 31 may kuni O`zbekiston-Qirg`iziston chegarasida har ikki davlat fuqarolari o`rtasida mojaro yuzaga keldi. Buni DXX Chegara qo`shinlari shunday izohladi:

"O`zbekiston Respublikasi, Farg`ona viloyati, So`x tumanidagi Chashma bulog`i yonidan o`tgan Qirg`iziston bilan chegara hududida o`zbek va qirg`izlar o`rtasida nizo kelib chiqqan. Yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etish uchun chegara hududida har ikki davlatning mahalliy hokimliklaridan kelgan mas`ul shaxslar o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi"

Qayd etilishicha, hozirda vaziyat nazorat ostida. Mojaroning kelib chiqish sabablari va oqibatlarini bartaraf etish bo`yicha tegishli choralar amalga oshirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1