Zarina Nizomiddinova Moskvada o`g`illi bo`ldi

Shou-biznes 01.06.2020, 17:36
Zarina Nizomiddinova Moskvada o`g`illi bo`ldi

Kuni kecha, Zarina Nizomiddinova O`zbekistonni tark etdi. Aktrisa 2020 yil yanvar oyidan buyon mamlakatdan tashqarida yashamoqdaligi haqida xabar bergan edik.

 Bu xabarlarga Zarina Nizomiddinova munosabat bildirdi.

"Assalomu alaykum, sahifamning men uchun qadrli bo`lgan a`zolari! Kecha o`zim to`g`rimda, Rossiya kinomatografini zabt etish uchun sevimli vatanim - O`zbekistonni tark etdi, degan xabar eshitdim. Albatta, kasbimizdagi yangi marralar va yutuqlarni niyat qilamiz, yaxshi niyat - yarim mol, lekin ayni vaqtda men bundan-da muhimroq loyiha ustida ishlayapman. Men ikkinchi bor ona bo`ldim va ushbu kasbni yana boshidan o`zlashtiryapman. Yaqin kunlarda bor iste`dodim va mahoratimni kichkintoy pahlavonimni parvarishi uchun bag`ishlayman Axir, eng mas`uliyatli va murakkab kasb - onalik kasbi, deb bekorga aytishmagan! Olloh barcha onalarni o`z panohida asrasin!"

Biz esa ushbu baxtli xodisa bilan aktrisani tabriklaymiz!

Sharhlar

Меҳмон 18.09.2021, 22:20
Tabriklayman Zarina opa
Меҳмон 15.06.2020, 19:50
Tabriklayman
Меҳмон 03.06.2020, 07:59
табриклаймиз
Меҳмон 02.06.2020, 14:02
Табриклаймиз
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1