1

2 iyun soat 07:00: O`zbekistonda epidemiologik vaziyatga oid so`nggi yangiliklar

Jamiyat 02.06.2020, 07:00
2 iyun soat 07:00: O`zbekistonda epidemiologik vaziyatga oid so`nggi yangiliklar

Ayni paytga qadar O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3702 nafarni tashkil etmoqda.

Kecha yurtimizda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 79 nafar bemorning 58 nafari karantin muassasalaridagi fuqarolar orasida, 15 nafari (Toshkent shahridan 13 nafar, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridan 1 nafardan) aholi orasida qayd etilgan bo`lsa, qolgan 6 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 3702 nafar bemordan 2859 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 77 foizni tashkil etmoqda. Shuningdek, ushbu xastalikdan vafot etganlar soni 15 nafar bo`ldi.

Avvalroq, Kitob tumanida koronavirus bilan  kasallanganlik bo`yicha gumonlanish holati qayd etilgani sabab, hudud to`liq karantinga olingan edi. Kecha SSVning ma`lum qilishicha, Kitob tumanida koronavirus yuqtirganda gumonlanib vafot etgan inson, ushbu infeksiyadan emas, u yondosh kasalliklar tufayli vafot etgan degan xulosa berildi.

Samarqandda 45 nafar tibbiyot xodimlari va 36 nafar maktab o`quvchilarida koronavirus aniqlangani ma`lum qilindi.

Shuningdek, "O`rikzor"dan mahsulot olib, Yunusobodda sotuvchi er-xotinda koronavirus aniqlandi.

Samarqandning qizil hududlarida ham mashinalarga stikersiz yurishga ruxsat berildi.

O`zbekistonda koronavirus xastaligi nega engil kechayotganligining sababi oshkor qilindi. Shuningdek, Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov nega koronavirus infeksiyasi aholi orasida ko`payayotganiga aniqlik kiritdi.

Koronavirusga qarshi tasdiqlangan dunyodagi ilk dori nomi ma`lum qilindi.

Koronavirus yuqtirish xavfi yuqori bo`lgan joylar ma`lum qilindi.

Navoiyda DSEN inspektori karantin qoidasini buzgan tadbirkordan pora olayotganda qo`lga tushdi.

Xorijda o`zbekistonliklarni olib kelish uchun 1 – 7 iyun kunlariga belgilangan charter reyslar jadvali e`lon qilindi.

Bugun Moskvada qolib ketgan vatandoshlarimiz charter reysda O`zbekistonga olib kelinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1