1

AQShda namoyishlarni yuzaga keltirgan qora tanli kishining o`limi sababi ma`lum bo`ldi

Dunyo 02.06.2020, 13:33
AQShda namoyishlarni yuzaga keltirgan qora tanli kishining o`limi sababi ma`lum bo`ldi

Marxum Jorj Floydning oilasi tomonidan e`lon qilingan sudmedekspertiza hulosasiga ko`ra, fuqaro kardiopulmonal shok (nafas olishdagi muammolar oqibatida yurak to`xtashi) oqibatida vafot etgan. Bu degani uning o`limiga aynan Minnesota shtati polisiyasining qo`pol harakati sabab bo`lgan. Bu haqda Uzreport sayti yozmoqda. 
Shifokorlarning ma`lumotiga ko`ra, marxumning bo`yin qismi polisiya vakillari tomonidan qisib qo`yilgan. Buning oqibatida miyaga qon bormay qolgan. Jorj voqea joyida vafot etgan.
Yakuniy xulosa – Jorj o`ldirilgan.
Minnesotada 25 may kuni boshlangan namoyishlar bugungi kungacha davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1