AsosiyBU QIZIQ

“O‘zgidromet” Toshkentda kuchli shamol va chang to‘zoni bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi

“O‘zgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, bugun kunduzi respublika bo‘yicha ayrim hududlarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

'“O‘zgidromet” Toshkentda kuchli shamol va chang to‘zoni bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi'ning rasmi

Qoraqalpogʻiston, Buxoro, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarining ayrim joylarida shamol tezligi 20–22 m/s gacha yetishi, shuningdek, chang toʻzonlari kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida ham shamol tezligi 10–12 m/s gacha kuchayadi. Ayrim hududlarda chang toʻzonlari yuzaga kelishi ehtimoli bor.

Sinoptiklar prognoziga koʻra, kechqurun poytaxtda qisqa muddatli yomgʻir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Havo harorati +33…+35 daraja atrofida boʻladi.

    Boshqa yangiliklar