1

Qozog`istondan xalqaro reyslar ochiladi: Ruxsat berilgan mamlakatlar ro`yxati

Dunyo 02.06.2020, 20:11
Qozog`istondan xalqaro reyslar ochiladi: Ruxsat berilgan mamlakatlar ro`yxati

Qozog`iston Industriya va infratuzilmalarni rivojlantirish vaziri Beybit Atamqulov xalqaro reyslarning qayta tiklanishini tushuntirib o`tdi, deb xabar berdi Kazinform manbasi asosida xs.uz.

«Koronavirus infeksiyasiga qarshi idoralararo komissiyasi yaqinda yig`ilish o`tkazdi va 1 iyundan boshlab uchta mamlakatga parvozlarni qayta tiklash masalasini ko`rib chiqishga ruxsat berdi. Ular Janubiy Koreya, Xitoy va Ozarbayjon. Nima uchun bu davlatlar tanlandi? Birinchidan, u erdagi COVID-19 bilan bog`liq vaziyat baholandi. COVID-19 xalqaro reytingi mavjud va ushbu uchta mamlakat eng xavfsiz mamlakatlar qatoriga kiradi», - dedi vazir.

Uning aytishicha, ikkinchi bosqichda Germaniya, BAA, Chexiya va Tailandga parvozlar tiklanadi.

«Polsha va Vengriya uchun ham ruxsat olishimiz mumkin. Axir u erda ham xavfsizlik darajasi juda yuqori. Ikkinchi bosqich 15 iyundan keyin boshlanadi. Xorijdagi hamkasblarim bilan doimiy aloqadaman. Men Turkiya transport vaziri bilan gaplashganimda, ular Antaliyaga parvozlarni ochishni rejalashtirayotgani va 20 iyun sanasini maxsus belgilab qo`yganini aytdi. Biz hali ham bu ish ustida ishlamoqdamiz», - dedi B.Atamqulov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1