1

Android telefonlarni "o`ldiradigan" surat paydo bo`ldi

Dunyo 03.06.2020, 17:01
Android telefonlarni "o`ldiradigan" surat paydo bo`ldi

So`nggi kunlarda android operasion tizimda ishlaydigan telefonlarni "o`ldiradigan", ya`ni butunlay ishdan chiqaradigan surat paydo bo`lgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar paydo bo`ldi.

Tog`lar orasidagi ko`l, ko`lning o`rtasidagi kichik quruqlik aks etgan, quyosh botayotgan payt tasvirlangan bu oddiy suratni telefonga oboy sifatida o`rnatgan android telefonlar egalari ilojsiz vaziyatda qolishmoqda.



Ularning telefonlari butunlay ishdan chiqib, "g`isht"ga aylanib qolyapti. Bunday holatda, faqatgina telefon sozlamalarini zavoddagi holatga qaytarishdan so`ng telefondan foydalanish mumkin. Lekin bunda telefon xotirasidagi barcha fayllar, foto va videolar tiklab bo`lmas darajada o`chib ketadi.

Xo`sh, bu oddiy rasmning siri nimada? Mutaxassislarning ma`lum qilishicha, android platformasi sRGB ranglar olamini qo`llab-quvvatlaydi. Yuqoridagi "sirli" rasm esa, RGB ranglar olamiga taalluqli.

Bu shuni anglatadiki, muammo rasmning o`zida emas. Telefonga oboy sifatida o`rnatgandan keyin muammo paydo qiluvchi boshqa rasmlar ham internetda to`lib yotibdi.

Ammo Android 11 operasion tizimi o`rnatilgan qurilma egalarini bu muammo bezovta qilmaydi. Bu tizimda ranglar olami avtomatik ravishda o`zgarib, qurilmaga moslashadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1