AsosiyJamiyat

Samarqandni "yashil" hududga aylantirish aksiyasiga start berildi

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tashabbusi bilan “viloyatimizni "yashil" hudud...

'Samarqandni "yashil" hududga aylantirish aksiyasiga start berildi'ning rasmi

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tashabbusi bilan “viloyatimizni "yashil" hududga aylantirish o`z qo`limizda” shiori ostida targ`ibot aksiyasiga start berildi.

Mazkur aksiya doirasida hududlarni ranglar toifasiga ajratgan holda qanday imtiyoz va cheklovlar belgilanganligi maxsus tayyorlangan plakatlar, buklet va flaerlar orqali aholiga taqdim etilmoqda.

Targ`ibotdan asosiy maqsad, fuqarolarning kasallikka qarshi kurashdagi faol jamoatchilik pozisiyasini shakllantirish, viloyatni tezroq “yashil” hududga aylantirish uchun qanday chora tadbirlar amalga oshirilishi lozimligi, faqatgina tegishli organlar emas balki har bir fuqaro bu ishga mas`ulligini jamoatchilikka etkazish.

Yirik savdo majmualari, avtotransport vositalari, dorixonalar, tashkilot ma`muriy binolari kirish eshiklari oldiga bannerlar yopishtirilmoqda. Samarqand shahri hududidagi elektron monitorlarda maxsus roliklar namoyish etilishi yo`lga qo`yilmoqda.

Bugunning o`zida 80 dan ziyod shu kabi targ`ibot materiallari orqali tashviqot ishlari amalga oshirildi. Aksiya davom etmoqda, deyiladi viloyat IIB MAtbuot kotibi taqdim etgan ma`lumotda.

    Boshqa yangiliklar