AsosiyDunyo

Hindiston Trampning G7 sammitiga qatnashish taklifini qabul qildi

Hindiston Bosh Vaziri Narendra Modi AQSh prezidenti Donald Trampning G7 sammitida qatnashi...

'Hindiston Trampning G7 sammitiga qatnashish taklifini qabul qildi'ning rasmi

Hindiston Bosh Vaziri Narendra Modi AQSh prezidenti Donald Trampning G7 sammitida qatnashish bo`yicha taklifini qabul qildi, deya xabar bergan Hindiston Tashqi ishlar vazirligi.

Modi bilan telefon orqali bo`lib o`tgan suhbat chog`ida Tramp G7 sammitiga AQShning raisligi va bu sammit ishtirokchilarini ko`paytirish haqidagi fikrlarini bayon etgan hamda Hindistonni ham bu yig`ilishga taklif etgan. Modi bu taklifni qabul qildi va sammitda qatnashishini aytdi.

2 iyun kuni berilgan bayonotda aytilishicha, Modi Trampning “uzoqni ko`ra bilishi va kreaktivligi”ni maqtagan.

“Bosh Vazir Hindiston AQSh va boshqa mamlakatlar bilan birga bu sammitda qatnashishidan xursand bo`lishini aytdi” deyiladi bayotnotda.

Eslatib o`tamiz, 30 iyun kuni AQSh prezidenti Donald Tramp iyunda o`tkazilishi kerak bo`lgan G7 sammitini sentabrga qoldirganini va sammit ishtirokchilarini ko`paytirishini aytgandi.Tramp yana to`rtta davlatni-Rossiya, Hindiston, Janubiy Koreya va Avstraliyani bu sammitga taklif qilishini ma`lum qilgan.

    Boshqa yangiliklar