1

1 avgustdan import traktorlar, engil avtomobillarning aksiz solig`i stavkalari bekor qilinadi

Jamiyat 03.06.2020, 22:31
1 avgustdan import traktorlar, engil avtomobillarning aksiz solig`i stavkalari bekor qilinadi

“Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada tartibga solish va avtotransport vositalarining ichki bozorini rivojlantirishni rag`batlantirishga doir chora-tadbirlar to`g`risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 avgustdan boshlab 8701 (traktorlar), 8702 (10 yoki undan ortiq kishini tashishga mo`ljallangan motorli transport vositalari), 8703 (engil avtomobillar) va 8704 (yuk tashishga mo`ljallangan motorli transport vositalari) TIF TN kodlar bo`yicha transport vositalarini olib kirishda amalda bo`lgan aksiz solig`i stavkalari bekor qilinadi.

Respublikamiz hududiga olib kiriladigan, aksiz solig`iga tortiladigan tovarlarga aksiz solig`i stavkalari Prezidentning "O`zbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida" qarori bilan tasdiqlangan. Hozirda ushbu hujjatga o`zgartish kiritilmoqda. 

Ma`lumotlarga ko`ra, chetdan olib kiriladigan engil avtomobillar uchun aksiz solig`ining bekor qilinishi import avtomobil narxini kamida 2400 dollarga va undan ham ko`proqqa arzonlashishiga sabab bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1