Avval xabar berganimizdek, Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori e`lon qilindi. Unga ko`ra:
15 iyundan boshlab “yashil” va “sariq” hududlarda MAKTABGAChA TA`LIM tashkilotlari faoliyatiga ruxsat berilmoqda:
Bunda:
*maktabgacha ta`lim tashkilotlarida mashg`ulotlarni 15 kishidan ortiq bo`lmagan guruhlarda tashkil etish;
* maktabgacha ta`lim tashkilotlari binolarini doimiy ravishda dezinfeksiya qilish, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to`shak”lar bilan jihozlash;
*xodimlar tibbiy niqob va tibbiy qo`lqoplardan foydalanishi va ijtimoiy masofani saqlashi;
* tana harorati 37*S va undan yuqori bo`lgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bo`lgan xodim va tarbiyalanuvchilarning mashg`ulotlarga kiritmaslik choralarini ko`rish talab etiladi.