Avval xabar berganimizdek, Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori e`lon qilindi. Unga ko`ra:
15 iyundan boshlab “yashil” va “sariq” hududlarda BUYuM BOZORLARI faoliyatiga ruxsat berilmoqda:
Bunda buyum bozorlari doimiy ravishda dezinfeksiya qilinishi, ularning kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to`shak”lar bilan jihozlanishi, sotuvchilar va xaridorlar tibbiy niqob va tibbiy qo`lqoplardan foydalanishi, ijtimoiy masofani saqlashi, shuningdek, har bir fuqaroning tana haroratini o`lchab, 37*S va undan yuqori bo`lgan, infeksiya alomatlari mavjud bo`lgan holatda hamda tibbiy niqobda bo`lmagan hollarda buyum bozorlari hududiga kiritmaslik choralarini ko`rish talab etiladi
15 iyundan O`zbekistonda kafe va restoranlar ochiladi, faqat...
"Yashil" va "sariq" hududlarda bog`chalarni ochishga ruxsat berildi, biroq guruhda bolalar soni cheklanadi.