AsosiyJamiyat

15 iyundan hududlar o`rtasidagi avtobus qatnovlariga ruxsat beriladi

'15 iyundan hududlar o`rtasidagi avtobus qatnovlariga ruxsat beriladi'ning rasmi

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan, 15 iyundan boshlab  “yashil” va  “sariq” hududlarda hududlar o`rtasidagi avtobus qatnovlariga ruxsat beriladi.

Bunda tashuvchilar faoliyati quyidagi talablardan kelib chiqqan holda tashkil etiladi:

➖ transport vositasini yakuniy yo`nalish nuqtasida dezinfeksiya qilish;

➖ avtobus saloniga faqatgina tibbiy niqoblardagi yo`lovchilarni kiritish;  

➖ haydovchilarni tibbiy qo`lqop va tibbiy niqoblar bilan ta`minlash hamda ularning muntazam ravishda o`z vaqtida almashtirib borilishi choralarini ko`rish.

Boshqa ruxsat etilgan faolyatilar haqida batafsil:

15 iyundan O`zbekistonda kafe va restoranlar ochiladi, faqat...

 

"Yashil" va "sariq" hududlarda bog`chalarni ochishga ruxsat berildi, biroq guruhda bolalar soni cheklanadi.

 

O`zbekistonda buyum bozorlari qachondan ish boshlashi ma`lum bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar