AsosiyJamiyat

Maxsus komissiya qarori bilan toifasidan qat`iy nazar saqlanib qolishi shart bo`lgan talablar e`lon qilindi

'Maxsus komissiya qarori bilan toifasidan qat`iy nazar saqlanib qolishi shart bo`lgan talablar e`lon qilindi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori e`lon qilindi. Qaror bilan O`zbekistonda bir nechta faoliyatlar uchun ruxsat berildi.

15 iyundan O`zbekistonda kafe va restoranlar ochiladi, faqat...

 

"Yashil" va "sariq" hududlarda bog`chalarni ochishga ruxsat berildi, biroq guruhda bolalar soni cheklanadi.

 

O`zbekistonda buyum bozorlari qachondan ish boshlashi ma`lum bo`ldi.

 

15 iyundan hududlar o`rtasidagi avtobus qatnovlariga ruxsat beriladi.

 

Ertadan boshlab "yashil" hududlarda masjidlarda namoz o`qishga ruxsat berildi.

 

Yuqoridagilar bilan bir qatorda, BARChA HUDUDLARDA ularning toifasidan qat`i nazar quyidagi karantin talablari saqlab qolinmoqda:

* jamoat joylari va tadbirkorlik faoliyati ob`ektlarida ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlash, uch kishidan ortiq yig`ilmaslik, fuqarolarning tibbiy niqobdan hamda antiseptik vositalaridan foydalanishi;

*ta`lim tashkilotlari (maktab, lisey, kollej, texnikum, institut, universitet va boshqalar) faoliyatini yo`lga qo`ymaslik;

* ko`ngilochar ob`ektlar — tungi klublar, diskoteka, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) va kompyuter o`yinlari markazlari faoliyatiga yo`l qo`ymaslik;  

* konsert, kinoteatr va sport tadbirlarini (professional futbol klublari o`quv mashg`ulotlari va O`zbekiston professional futbol ligasi chempionatlari bundan mustasno) o`tkazmaslik;

* jamoat transporti harakatiga ruxsat bermaslik;

* dehqon, qurilish bozorlari, oziq-ovqat va nooziq-ovqat savdo nuqtalari (supermarket va boshqa yirik do`konlar) kirish-chiqish joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlash hamda har bir fuqaroning tana haroratini o`lchab, 37*S va undan yuqori bo`lgan holatda, ushbu majmualarga kiritmaslik choralarini ko`rish;

* barcha tashkilotlar kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to`shak”lar bilan ta`minlash hamda xodimlar tomonidan ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlagan holda faoliyat yuritishini ta`minlash;

* qurilish-ta`mirlash ishlarida ob`ektlarning hududi to`liq karantinga olinishi va hududiy sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari bilan birgalikda ob`ektlarda sanitariya-gigiena tadbirlarining amalga oshirilib borilishi. Bunda, ushbu tashkilotlarning faoliyat olib borish davrida sanitariya va gigiena qoidalariga to`liq rioya qilish, o`z faoliyatini faqatgina tegishli ob`ekt hududi doirasida tashkil etish.  

 

 “Qizil” toifaga kiruvchi hududlarda karantin cheklovlari talablarini bajarmaslik, shuningdek, “yashil” va “sariq” toifaga kiruvchi hududlarda ruxsat berilgan faoliyat turlarini o`rnatilgan maxsus talablarga rioya etmagan holda amalga oshirish tegishli javobgarlikka sabab bo`ladi.

Shuningdek, Karantin sharoitida umumiy ovqatlanish ob`ektlari faoliyatini tashkil qilish bo`yicha vaqtinchalik tartib hamda Karantin sharoitida ruxsat berilgan faoliyat turi bilan shug`ullanayotgan tadbirkorlik sub`ektlarida sanitariya-epidemiologik nazoratni amalga oshirish bo`yicha vaqtinchalik tartib tasdiqlandi.

 Shu bilan birga, Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasiga faoliyati tiklanayotgan sohalarda va tadbirkorlik sub`ektlarida karantin talablari, sanitariya-epidemiologik qoidalarga rioya etilishi ustidan NAZORATNI amalga oshirish topshirildi

    Boshqa yangiliklar