AsosiyJamiyat

OTADEK ULUG`, ONADEK MO``TABAR...

Dunyoda kasblar juda ko`p. Biroq ularning eng buyugi o`qituvchilikdir, desak mubolag`a bo`lmas. Sababi, aynan ustoz har bir kasb egasini qo`lidan tutib yuksak pog`onalarga olib chiqishga qodir.

Insoniyat taqdirini o`zgartirib yuborgan har qanday kashfiyot sohiblari, shu jumladan  Ibn Sino, Beruniy, Al-Xorazmiy, Mirzo Ulug`bek, Alisher Navoiy singari buyuk ajdodlarimiz ham ham ustozlar tufayli shu darajaga erishganlar. Bugungi kunda hukumatimiz tomonidan ustoz va murabbiylarimizga alohida e`tibor va g`amxo`rlik ko`rsatilayotgani, bu borada ko`plab normativ hujjatlar qabul qilingani ham bejiz emas.  Bugungi ayyom munosabati  bilan  ana shu mavzuda  so`z yuritishga qaror qildik.

PEDAGOGLARGA QANDAY USTAMALAR BELGILANGAN?

  • O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 10 dekabrdagi “Qishloq joylardagi bolalar sporti ob`ektlarida band to`lgan ayol sport ustozlari mehnatini rag`batlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 1315-sonli qarori asosida qishloq joylardagi umumta`lim maktablarida va bolalar-o`smirlar sport maktablarida jismoniy tarbiya o`qituvchisi hamda sport ustozi bo`lib ishlayotgan ayollarning tarif stavkalariga har oyda 15 foiz miqdorda ustamalar to`lab kelinmoqda.
  • O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o`rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 1875-sonli qaroriga muvofiq, umumta`lim muassasalarining chet tillar o`qituvchilariga qishloq joylarda joylashgan ta`lim muassasalarida - lavozim maoshining 30 foizi miqdorida, qolgan ta`lim muassasalarida - lavozim maoshining 15 foizi miqdorida oylik ustamalar to`lab kelinmoqda.
  • Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 3 maydagi 127-sonli “Bolalar musiqa va san`at maktablari xodimlari mehnatiga haq to`lashni takomillashtirish to`g`risida”gi qaroriga asosan bolalar musiqa va san`at maktablari o`qituvchilari, konsertmeysterlari va rahbar xodimlari mehnatiga haq to`lashning bazaviy tarif stavkalari 2012 yil 1 yanvardan boshlab 20 foizga oshirilgan.
  • O`qituvchilarning oylik ish haqi 2006 yil 1 sentyabrdan 2015 yil 1 sentyabrgacha 12 baravarga oshirilib, ustama va qo`shimchalar bilan birga o`rtacha ish haqi 1 mln. 235 ming so`mni tashkil etmoqda.

Eng tashabbuskorlar taqdirlanadi

Xalq ta`limi vazirligi o`qituvchi va pedagoglar orasida eng ilg`or tajribalarni aniqlash va ularni ommalashtirish masalasiga alohida e`tibor qaratib keladi.

Yilning eng yaxshi fan o`qituvchisi”, “Yilning eng yaxshi direktori”, “Yilning eng yaxshi psixologi”, “Yilning eng yaxshi uslubchisi”, “Yilning eng faol ma`naviyat targ`ibotchisi”, “Yilning eng yaxshi faol ma`naviy-marifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari” va boshqa ko`rik-tanlovlar orqali ilg`or, tashabbuskor, ijodkor pedagoglar  tajribasini ommalashtirish orqali ta`lim mazmunini takomillashtirish maqsadi ko`zlangan.

Sifat doim birinchi o`rinda

Ta`lim-tarbiya jarayonlarini mazmunan boyitish va samaradorlikka erishish maqsadida yurtimizda 14 ta hududiy qayta tayyorlash va malaka oshirish institutlari hamda Xalq ta`limi rahbar xodimlarining malakasini oshirish markaziy institutida masofaviy ta`lim resurs markazlari tashkil qilingan.

FAKT VA RAQAMLARDA

  • 1991-2014 yillar davomida Xalq ta`limi vazirligi tizimidagi jami 3954 nafar ustoz va murabbiylar turli davlat mukofotlari va unvonlari bilan taqdirlandi. Shulardan 6 nafari «O`zbekiston qahramoni», 122 nafari «El-yurt hurmati» ordeni, 32 nafari «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni, 301 nafar O`zbekiston xalq o`qituvchisi, 311 nafari O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan xalq ta`limi xodimi, 392 nafari O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiyi, 291 nafari «Mehnat shuhrati» ordeni, 506 nafari  I va  II darajali «Sog`lom avlod uchun» ordeni, 381 nafari «Do`stlik» ordeni, 20 nafari «Jasorat» medali, 1351 nafari «Shuhrat» medali va boshqa davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. 
  • Xalq ta`limi vazirligi tassarufidagi 9698 ta umumiy o`rta ta`lim maktabida 383 625 nafar pedagog faoliyat ko`satadi. Vazirlik tizimidagi  4930 ta maktabgacha ta`lim muassasalarida esa, 54 059 nafar pedagoglar faoliyat ko`rsatadi.

Xalq ta`limi vazirligi axborot xizmati ko`magida tayyorlandi

    Boshqa yangiliklar