AsosiyDunyo

AQSh Bosh prokurori mamlakatdagi tartibsizliklarda “xorijiy aralashuv” bo`lganini ta`kidlamoqda

“Biz, xorijiy shaxslar zo`ravonliklarni kuchaytirish uchun barcha tomondan o`yin qilayotga...

'AQSh Bosh prokurori mamlakatdagi tartibsizliklarda “xorijiy aralashuv” bo`lganini ta`kidlamoqda'ning rasmi

“Biz, xorijiy shaxslar zo`ravonliklarni kuchaytirish uchun barcha tomondan o`yin qilayotganini ko`rib turibmiz”, deya ta`kidladi AQSh Bosh prokurori Uilyam Barr matbuot anjumanida.

Biroq Barr aynan qaysi davlatlar shubha ostiga olinayotganiga aniqlik kiritmadi. U tarkibiga Federal qidiruv byurosi va kontrrazvedka boshqarmasiga kiruvchi AQSh adliya vazirligiga rahbarlik qiladi.

Minneapolisda qora tanli fuqaroning vafoti munosabati bilan, bir necha kundan buyon AQShning o`nlab shaharlarida ommaviy namoyishlar bo`lib o`tmoqda. Ko`p hollarda, norozilik namoyishlari ommaviy tartibsizliklar, polisiya bilan to`qnashuvlar va supermarketlarning talon-toroj etilishiga olib kelmoqda.

    Boshqa yangiliklar