2020 yilning may oyida, 21 yoshli I.Yu. (ayol), Asaka tumani Yangiobod mahallasida yashovchi qo`shnisi 35 yoshli Sh.U.,ga chorva hayvonlariga qarab qo`yishini aytib, xonadonini kalitini qoldirib ketganidan foydalanib, yotoqxonaga g`ayriqonuniy ravishda kirib, 400.000 so`m pullari va bir dona planshetini yashirin ravishda talon-toroj qilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Bundan tashqari, I.Yu., 2020 yil 21 may kuni qo`shnisi 18 yoshli J.K. (qiz bola) bilan o`zaro oldindan jinoiy til biriktirib, o`zining xonadonida qaynionasi 47 yoshli O.Yu., ga tegishli bo`lgan 2.550.000 so`m pullarini yashirini ravishda talon-toroj qilib, qo`lga kiritilgan pullarni o`zaro taqsimlab olishgan.
Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomnidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (o`g`rilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






