AsosiySport

HAMYuRTIMIZ FARRUX DO`STOV XALQARO TURNIR G`OLIBI BO`LDI

Turkiyaning Agri shahrida Professional tennischilar uyushmasi (ATR) musobaqalar taqvimidan joy olgan “Agri Chellenger – 2015” xalqaro turnirining yakkalik bahslarida hamyurtimiz Farrux Do`stov muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 

 
Tennischimiz dastlab avstriyalik Maksimilian Noykris, ikkinchi davrada litvalik Laurinas Grigelis, chorak finalda Bosniya va Gersegovina vakili Mirza Bashich, yarim finalda rossiyalik Konstantin Kravchukni engib, finalga yo`l oldi. 

Musobaqaning hal qiluvchi bahsida F.Do`stov hindistonlik Saket-Say Mineni bilan kuch sinashdi. Qiziqarli kechgan uchrashuvda tennischimiz tezkor o`yin namoyish etib, har ikkala setni 6:4 hisobida o`z foydasiga hal qildi va turnir bosh sovrinini qo`lga kiritdi. 

 

    Boshqa yangiliklar