1

O`rtachirchiqda 36 yoshli fuqaro qo`shnisini yarim kechasi urib o`ldirdi

Jinoyat 08.06.2020, 14:01
O`rtachirchiqda 36 yoshli fuqaro qo`shnisini yarim kechasi urib o`ldirdi

Toshkent viloyati. 2020 yilning 04 iyun kuni taxminan soat 02:00 da fuqaro 36 yoshli N.B., mast holatda o`zi yashab kelayotgan O`rtachirchiq tumani Guliston ko`chasida qo`shnisi 38 yoshli M.Sh., bilan o`rtasida kelib chiqqan kelishmovchilik natijasida janjallashib qolgan. Janjal davomida N.B., qo`shnisi M.Sh., ni bosh qismiga qattiq to`mtoq jism bilan urib, tan jarohati etkazgan.

Natijada M.Sh., birinchi tibbiy yordam ko`rsatilmasdan qolganligi oqibatida olgan og`ir tan jarohatlari bilan 04 iyun kuni 16:00 larda hodisa joyida vafot etgan holatda topilgan.

Mazkur holat yuzasidan O`rtachirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan N.B. ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (odam o`limiga sabab bo`lgan qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda ushbu jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1