AsosiyJamiyat

Yaxshi dam-mehnatga hamdam

Buxoro viloyati paxtakorlari joriy yilda 109 ming 600 gektar maydonda mo`l hosil etishtirdi. Ayni kunlarda hosilni yog`in-sochinli kunlarga qoldirmay yig`ib-terib olish qizg`in davom etmoqda. 

Bu jarayonda terimchilarga zarur shart-sharoit yaratish, tibbiy, madaniy va savdo xizmati ko`rsatishga alohida e`tibor qaratilmoqda. 

Buxoro viloyati madaniyat va sport ishlari boshqarmasi, Ma`naviyat targ`ibot markazi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “O`zbeknavo” estrada birlashmasi viloyat bo`limlari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi hamkorligida tashkil etilgan targ`ibot guruhlari dala mehnatkashlarining bo`sh vaqtini maroqli o`tkazish uchun turli madaniy-ma`rifiy tadbirlar tashkil etmoqda. 

Taniqli olimlar, yozuvchi va shoirlar, san`atkorlardan iborat targ`ibot guruhlari maxsus jadval asosida barcha tumanlarda bo`lib, paxtakorlar huzurida uchrashuvlar o`tkazmoqda. Bunday uchrashuv va suhbatlar, konsert dasturlari terimchilarga xush kayfiyat ulashmoqda. 

Peshku tumanidagi “Turon”, "Malishoyak", “Moviy osmon”, “Aslon Farmon zamini” fermer xo`jaliklari dalasida o`tkazilgan ana shunday tadbirlarda bir guruh ijodkorlar, olimlar ishtirokidagi samimiy muloqotlar, san`atkorlarning Vatan, tinchlik, ezgulik va muhabbatni tarannum etuvchi kuy-qo`shiqlari terimchilarga zavq bag`ishladi. 

    Boshqa yangiliklar