AsosiyJamiyat

Andijondagi tug`ruqxonada 21 yoshli ona o`zini osib o`ldirdi

Andijonda yangi farzand ko`rgan ayol o`zining joniga qasd qildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga...

'Andijondagi tug`ruqxonada 21 yoshli ona o`zini osib o`ldirdi'ning rasmi

Andijonda yangi farzand ko`rgan ayol o`zining joniga qasd qildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Aniqlanishicha, 2020 yil 2 iyun kuni soat 19-00larga yaqin Andijon viloyati perenital markaziga 1999 yilda tug`ilgan A.O. 39 haftalik homila bilan birinchi tug`ruq uchun olib kelingan. Shu kuni 20-00lardan o`tib ayol o`g`il farzandli bo`lgan. Bir kun davomida jonlantirish bo`limida bo`lgan ayol 3 iyun kuni palataga olingan. 7 iyun kuni Andijon viloyati perenital markazida joylashgan binoning er to`lasiga kirish qismi to`siniga, arqondan yasalgan sirtmoqqa o`zini osib, o`z joniga qasd qilgan holatda topilgan.

Olib borilgan dastlabki tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, oxirgi paytlarda ayolning ruhiyatida o`zgarishlar kuzatilgan. Marhuma bilan birga yotgan palatadagi bemorlar uni ko`p vaqt davomida bir nuqtaga tikilib qolishi, shuningdek, tunda turib, narsalarini yoyvolib, qarab o`tirganini ko`rishgannini ma`lum qilishgan.

"Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi, komission sud-tibbiy ekspertizalari tayinlandi. Ish bo`yicha ahamiyatli bo`lgan holatlari aniqlanishtirish yuzasidan Andijon shahar IIO FMB ga alohida topshiriq yuborildi.

Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari  davom ettirilmoqda", deyiladi taqdim etilgan ma`lumotnomada. 

    Boshqa yangiliklar