AsosiyJamiyat

Bugun tunda poytaxtning ayrim ko`chalari yopiladi

Joriy yilning 8 iyun kuni  soat 23:00 dan Toshkentdagi ayrim ko`chalar yopiladi, deya...

'Bugun tunda poytaxtning ayrim ko`chalari yopiladi'ning rasmi

Joriy yilning 8 iyun kuni  soat 23:00 dan Toshkentdagi ayrim ko`chalar yopiladi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi.

Jumladan Farg`ona yo`li va Kichiq xalqa yo`li ko`chalari kesishmasidan Farg`ona yo`li ko`chasining 8 mart ko`chasi bilan kesishmasigacha bo`lgan avtomobil yo`lining bir tomonida rekonstruksiya ishlari boshlangan.

Shuningdek, Farg`ona yo`li ko`chasining Muxtor Ashrafiy ko`chasi bilan kesishmasidan Jarqo`rg`on ko`chasi kesishmasiga bo`lgan oraliqdagi ko`prikning bir tomonlama harakatlanish qismida ham rekonstruksiya ishlari bajarilishi aytilmoqda.

Haydovchilarga yuzaga kelishi mumkin bo`lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida aylanma yo`llardan foydalanish tavsiya etiladi. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so`raymiz, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar