Koronavirusdan sog`aygandan keyin qanday asoratlar qolishi ma`lum qilindi

Salomatlik 09.06.2020, 11:47
Koronavirusdan sog`aygandan keyin qanday asoratlar qolishi ma`lum qilindi

Koronavirusdan sog`aygandan keyin ayrim asoratlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig`i Nurmat Otabekov AOKA shtabida o`tkazilgan brifingda ma`lum qildi:

— Davolangan odamlar uchun koronavirusning oqibatlari immunitet va surunkali kasalliklar kabi turli omillarga bog`liq. Sog`aygandan keyin bir necha hafta davomida quyidagi asoratlar uchrashi mumkin:

*tez yurish, zinapoyaga chiqishda yoki jismoniy zo`riqqanda nafas qisilishi;

*isitmasiz va balg`amsiz yo`tal;

*surunkali kasalliklarning kuchayishi.

Shuning uchun davolangandan so`ng immunitetni kuchaytirishga, vitaminlarga boy oziq-ovqat mahsulotlarini iste`mol qilishga, kunda bir necha bor nafas gimnastikasini bajarishga va xonalarni doim shamollatib turishga ahamiyat berish kerak.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1