AsosiyDunyo

Qanday qilib koronavirusning ikkinchi to`lqini yuz berishining oldini olish mumkinligi ma`lum qilindi

Buyuk Britaniyaning Kembrij va Grinvich universitetlari olimlari tomonidan olib borilgan y...

'Qanday qilib koronavirusning ikkinchi to`lqini yuz berishining oldini olish mumkinligi ma`lum qilindi'ning rasmi

Buyuk Britaniyaning Kembrij va Grinvich universitetlari olimlari tomonidan olib borilgan yangi tadqiqot natijalariga ko`ra, aholining ko`p qismi yuz niqoblaridan foydalansa, koronavirusga chalinganlar sezilarli darajada kam bo`ladi va bu kasallikni jilovlash mumkin bo`ladi.Shunda,karantin qoidalarini joriy qilish bilan birgalikda koronavirusning ikkinchi to`lqini yuzaga kelishining oldi olinadi.Bu tadqiqot natijalari 10 iyun kuni ommaga ma`lum qilingan.

Tadiqotchilarga ko`ra, faqat karantin qoidalarini joriy qilish bilangina koronavirusning yana avj olishini cheklab bo`lmaydi.Ammo,agar jamoat joylarida etarlicha miqdordagi odam yuz niqoblarini taqsa,kasallik tarqalishi keskin tarzda kamayadi.

“Bizning tahlilllarimiz shuni ko`rsatmoqdaki,butun aholi yuz niqoblaridan foydalanishini dunyo bo`ylab joriy qilish kerak” deydi Kembrijda ushbu o`rganishlarni olib borganlardan biri Richard Stat. Uning aytishicha,agar aholi orasida yuz niqoblarini taqish,ijtimoiy masofalanish va boshqa ba`zi cheklovlarni joriy qilinsa, bu samarali vaksina tayyor bo`lishidan oldin koronavirus pandemiyasini jilovlash va iqtisodiy faoliyatni qayta boshlash uchun yaxshi echim bo`ladi.

Jahon Sog`liqni Saqlash Tashkiloti ham 5 iyun kuni hukumatlarning aholidan virus yuqtirish xavfi yuqori bo`lgan jamoat joylarida yuz niqoblarini taqishni talab qilishini so`ragan.

    Boshqa yangiliklar