Bu haqida italiyalik taniqli virusolog, Vita-Salut San-Raffaele universiteti prorektori Massimo Klementi ma`lumotiga asoslanib Xalqaro va Jahon siyosati, ijtimoiy-iqtisodiy xabarlar va tahlil kanali yozmoqda.
Taniqli virusologning aytishicha, kuzda epidemiyaning ikkinchi to`lqini bo`lmaydi.
«May oyida bizning shifokorlar kasalxonaga yotqizilgan koronavirus bilan kasallangan bemorlarning og`irlik darajasi asta-sekin pasayishini qayd etdilar. Bu nafaqat bemorlarning qisqarishi, balki reanimasiya bo`limida davolanishga muhtoj bo`lganlar sonining kamayishi, xususan, pnevmoniya tufayli reanimasiyaga tushganlar soni kamaydi. Shu bilan birga, uyda davolanishi mumkin bo`lgan yuqtirganlar soni ko`paydi», - dedi professor.
Klementining aytishicha, San Raffaele kasalxonasining mikrobiologiya va virusologiya laboratoriyasi xodimlari tadqiqot o`tkazishgan. Ular 1 martdan 15 martga qadar va may oyining ikkinchi yarmida 100 nafar bemorda virus bosimini (biologik suyuqlikning ma`lum miqdorida viruslar soni)ni solishtirib ko`rishgan. Shunda ma`lum bo`lishicha mart oyining boshida virus bosimi o`nlab baravar yuqori bo`lgan.
«Bu muhim natija» dedi italiyalik olim.
«Virus bosimining pasayishi - virusning zaiflashayotganidan darak beradi. Hozircha biz buni aniq aniqlik bilan ayta olmaymiz, lekin, ehtimol, aynan shunday», - dedi shifokor.
Klementi aytishiga qaraganda, virus geografik joylashuvidan qat`iy nazar barcha mamlkatlarda bir xil zaiflashmoqda. «Yaqin orada yangi virus shu qadar zaiflashadiki, u odamlarda oddiy nafas olish yo`llari shamollashini keltirib chiqaradi», - deydi virusolog.






