1

O`zini tender g`olibi deb tanishtirgan firibgarning aldovlari fosh bo`ldi

Jinoyat 11.06.2020, 14:45
O`zini tender g`olibi deb tanishtirgan firibgarning  aldovlari fosh bo`ldi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tumani bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining qonuniy va huquq manfaatlari himoyasini ta`minlash yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruv o`tkazdi. Bu haqda Bosh prokuratura Darakchiga xabar bermoqda. 

Tekshiruv davomida, fuqaro D.I. “Z.F.” MChJ rahbari J.M.ning ishonchiga kirib, 10 mlrd so`mlik ko`p qavatli turar-joy binolarini qurishda tender g`olibi bo`lganligini, uni ushbu qurilishga jalb etishi haqida va`dalar berib, 112 mln so`mlik 112 bosh chorva mollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan D.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1