1

Andijonda o`g`il o`z ota-onasini vahshiylarcha o`ldirdi...

Jinoyat 11.06.2020, 16:48
Andijonda o`g`il o`z ota-onasini vahshiylarcha o`ldirdi...

2020 yil 25 mayda jinoyat ishlari bo`yicha Andijon viloyat sudining sudlov hay`ati o`z binosida ochiq sud majlisini o`tkazdi. Unda eshitgan har bir kishini larzaga soluvchi holat — o`g`ilning o`z ota-onasining qotiliga aylangani yuzasidan jinoyat ishi ko`rildi...

1988 yilda tug`ilgan sudlanuvchi 1946 yilda tug`ilgan otasi va 1959 yilda tug`ilgan onasi bilan yashab kelgan. Ota-onasi unga yoqtirgan qizini olib bermagani sababli, ular bilan doimiy ravishda o`zaro janjallashib kelgan. 

O`g`il 2019 yil 14 oktyabrda spirtli ichimlikdan mast holda uyga kelgan. Ularni qasddan o`ldirish maqsadida uyda bo`lgan ketmon, bolta va bel kurak yog`och sopi bilan dastlab onasini hayoti uchun muhim hisoblangan bosh va yuz sohalariga bir necha marta urib, hayoti uchun xavfli bo`lgan og`ir tan jarohatlar etkazgan. Shu tariqa, onasini qasddan o`ldirgan. 

So`ng ikkinchi guruh nogiron bo`lgan ojiz axvoldagi otasini yotoqxonasiga kirib, qo`lidagi ketmon bilan o`ta shafqatsizlik bilan uning bosh va yuz qismiga bir necha marta urib, uni ham qasddan o`ldirgan.

SUD-TIBBIY EKSPERTIZASINING XULOSASI...

Onaning o`limiga bosh miyasi ochik jarohatlanishi, bosh ensa, peshona, burun, yuz, yuqori va pastki jag` to`qimalari chopilib, sinib, majag`lanish ko`rinishidagi jarohatlari sabab bo`lgani ko`rsatilgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasida otaning o`limiga bosh miyasi ochiq jarohatlanishi, peshona, tepa teri ostiga qon quyilishi, ko`krak qafasida yopiq shikast, o`ng va chap qovurg`alarini ko`plab sinishi, peshonasi, bosh tepasi, burni, o`ng yuzi, o`ng qoshi, o`ng yonog`i, chap yuzlarida chopilgan ko`rinishdagi jarohatlari sabab bo`lgani ko`rsatilgan.

“O`TA DARAJADA MAST BO`LGANIM SABAB VOQEA TAFSILOTLARINI TO`LIQ ESLAY OLMAYMAN”

Sudlanuvchi o`g`il sudda aybiga qisman iqror bo`lib, qilmishidan pushaymonlik bildirgan...

— Dastlab 2014 yilda bir qiz bilan qonuniy nikohdan o`tib, oilaviy kelishmovchiliklar sababli 2015 yilda ajrashdik. Keyin 2016 yilda boshqa qiz bilan turmush qurib, u bilan ham oilaviy kelishmovchiliklar sabab ajrashganmiz. Shundan so`ng 2018 yil yana boshqa ayol bilan nikohdan o`tib turmush qurdim. U bilan 40 kun yashaganimdan so`ng uyiga ketib qoldi. U onasinikiga ketib qolganidan so`ng akam bilan sha`riy nikohdan o`tib birga yashashgani uchun akam bilan aka-uka rishtalarini uzib yubordim. Mardikorchilik qilib kelganman, ota-onamning yoshga doir nafaqasiga kun ko`rib kelganmiz. Otam nogiron bo`lgan, uyda yiqilib tushib to`shakda yotib qolgan. Otamni doimiy ravishda onam parvarishlab kelgan.

2019 yil 14 oktyabrda ishga borib, paxsa devor uchun loy tayyorlab, kun davomida ishlarni qilib, ish haqi sifatida 200.000 so`m oldim. So`ng tuman markazi hududidagi spirtli ichimliklar sotiladigan savdo do`konga kirib, spirtli ichimlik iste`mol qildim. O`ta darajada mast bo`lib qolib, uyga ketdim. Lekin uyga qanday holatda va qaysi vaqtda borganimni eslay olmayman. Uyga borib, ota-onam bilan biroz janjallashib, uyning omborxonasidan bolta va ketmon bilan onamni quvlaganimni biroz eslayman.

Shu kuni o`ta darajada mast bo`lganim sabab voqea tafsilotlarini to`liq eslay olmayman. Shu kuni soat 22:40 larda o`zimga kelganimda xonamda yotgandim. O`rnimdan turib xovliga chiqqanimda, ota-onam yotadigan xona eshik va oynasi singan edi. Onamning jonsiz, yuzi qonga belangan holda yotganini ko`rdim. Onamni ko`tarib turg`izmoqchi bo`lganimda o`lib qolganini bildim. Jasadini anjir daraxti tomonga 4-5 metrlar chamasida sudrab olib borib qo`ydim. Otam yotgan xonaga kirganimda otamning yuzi ham qonga belanib, o`ng tomonga yonboshlagan, chap qo`li belini ustida turgan holda yotganini ko`rdim. Uni ham o`ldirib qo`yganimni tushundim. Holatdan qo`rqib ketib, xonamga kirib egnimdagi oq futbolka va shimimni almashtirib, rafiqamni uyiga ketdim. Turmush o`rtog`imga holatni aytganimda, nimaga qo`shnilar yoki shifokorlarni chaqirmaganim, Ichki ishlarga xabar qilmaganimni so`radi. Qo`rqib ketib uning oldiga kelganimni aytdim. Ertalab IIB xodimlari meni olib ketishdi. 

 Ulug`bek KARIMOV, jinoyat ishlari bo`yicha Andijon viloyat sudining sudyasi:

— Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a,v,j” bandlari bilan aybli deb topildi. Unga JKning 97-moddasi 2-qismi “a, v, j” bandlari bilan 21 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

                                                                                                                       Sadoqat ALLABERGANOVA, jurnalist

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1