Xitoy Kasallikni nazorat qilish va oldini olish markazining bosh vrachi mamlakat tomonidan virus genomining vaqtida ochiqlanishi, kasallikning oldini olishga hizmat qilganini va bu voqea tarixiy ekanini e`tirof etdi.
Mahalliy telekanalga bergan o`z intervyusida Vu Zunyou Xitoy tomonidan genom bo`yicha ma`lumotlar juda tez fursatda Jahon Sog`liqni Saqlash tashkiloti va boshqa davlatlarga taqdim qilinganini ma`lum qildi. Uning fikricha, aynan shunday «tezkorlik» qisqa vaqt mobaynida testlarni yaratishga imkon berdi.
"30 yillik tajribamga tayanib shuni ayta olamanki, biz qo`limizdan kelganini qildik va ajoyib natijaga erishdik. Dunyoning hech bir davlati Xitoyning bu muvaffaqiyatini takrorlay olmaydi”, - degan Vu.






