Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda bir ayolni bir nechta ayollar ko`chada do`pposlab "samosud" qilayotgani tasvirlangan video tarqalgan edi. Voqea qaerda va qanday holatda yuz berganiga O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti aniqlik kiritdi. 9 iyun kuni taxminan soat 22:40 da Qo`shko`pir tumani Ittifoq mahallasida yashovchi 20 yoshli H.O., dugonalari D.A., L.M., M.M., D.K.,lar bilan birgalikda yashash uyiga kelayotganida, oldidan 31 yoshli S.D.,ning boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashina kelib to`xtagan. Avtomashinadan shu mahallada yashovchi K.D., R.D, va O.D.,lar tushib, “Sen nima uchun o`g`lim va kelinimni turmushini buzib, buzg`unchilik qilib yuribsan” deb har xil so`zlar bilan haqorat qila boshlagan. Uni urib tan jarohati etkazgan hamda ushbu holatni shu erda bo`lgan S.D. o`zining uyali telefon apparatiga videotasvirga olib turgan.

X.O., shu mahallada yashovchi K.D.ning o`g`li S.D. bilan 2016 yildan buyon yashab kelayotganligi, hozirda bir nafar farzandi borligi aniqlangan.
Sud tibbiy ekspretiza xulosasida, X.O. chap bilak, chap-o`ng elka, boldir, chap son va ko`krak qafasini qontalashlari bo`lib, ENGIL tan jarohati olganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Qo`shko`pir tumani bo`yicha IIO FMB xuzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan K.D., R.D., O.D. va N.R.,larga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan, o`z mazmuniga ko`ra umum e`tirof etgan axloq qoidalarini namoyishkorona mensimaslikda ifodalanuvchi o`taketgan behayolik bilan bezorilik sodir etilsa) bilan qo`zg`atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






