Turkiya payshanba kuni Turkiya fuqarolari va boshqa davlatlar fuqarolari uchun kirish va chiqish cheklovlarini olib tashladi, mamlakatning Eron bilan quruqlik chegarasi bundan mustasno. Bu haqda Kazinform Anadolu agentligiga tayanib xabar berdi.
Ushbu qaror Prezident Radjap Tayyip Erdog`an boshchiligidagi Vazirlar Mahkamasining yig`ilishidan keyin qabul qilindi. Havo transporti sog`liqni saqlash, tashqi ishlar va transport vazirliklari bilan hamkorlikda muvofiqlashtiriladi. Turkiya fuqarolari va Turkiyaga kelgan chet elliklar tibbiy ko`rikdan o`tishadi. Yangi farmon mamlakatning barcha viloyatlariga yuborildi.
Eslatib o`tamiz, 11 iyun kuni Turkiyada 987 ta koronavirus infeksiyasining yangi holati qayd etilgan. 1021 nafar odam sog`aygan va 17 ta o`lim holatlari qayd etilgan. Amerikaning Djon Xopkins universiteti ma`lumotlariga ko`ra, dunyo miqyosida 459 500dan ortiq kishi koronavirus pandemiyasi natijasida vafot etgan. Tasdiqlangan infeksiya holatlari soni 7,72 millionga etdi.






