AsosiyDUNYO

Ukraina prezidentining rafiqasida koronavirus aniqlandi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning rafiqasi Elena Zelenskayada koronavirus aniqland...

'Ukraina prezidentining rafiqasida koronavirus aniqlandi'ning rasmi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning rafiqasi Elena Zelenskayada koronavirus aniqlandi. Bu haqda 12 iyun kuni Prezident ofisi ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, Ukrainaning birinchi xonimining koronavirusga topshirgan testi ijobiy chiqqan. Shunga qaramay, o`zini yaxshi his qilmoqda va unda kasallik belgilari kuzatilmayapti. Ayni paytda Elena Zelenskaya boshqa oila a`zolaridan ajratilgan holda ambulatoriya sharoitida davolanmoqda.

Vladimir Zelenskiyning o`zi va farzandlari ham testdan o`tgan bo`lib, ularda virus aniqlanmagan.

Ta`kidlanishicha, birinchi xonim uyda va ishchi uchrashuvlarda Sog`liqni saqlash vazirligining karantin qoidalari va tavsiyalariga doim rioya qilgan, COVID-19’ni aniqlash bo`yicha testdan muntazam o`tib turgan. Iyun oyida o`tkazilgan test natijalari salbiy chiqqan.

U qachon va qaerda virus yuqtirib olgani hozircha noma`lum — epidemiologik tekshiruv o`tkazilmoqda. Elena Zelenskaya bilan muloqotda bo`lganlarning barchasi infeksiya xavfi haqida xabardor qilingan. Ularga ham o`zlarini izolyasiya qilish va imkon qadar testdan o`tish tavsiya qilingan.

Eslatib o`tamiz, ayni paytda Ukrainada qariyb 30 ming kishida koronavirus aniqlangan, 870 kishi kasallik asoratlaridan vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar