1

“Unicorns” loyihasi orqali andijonlik yoshlarning startaplari uchun 2 milliard so`m ajratiladi

Hi-tech 13.06.2020, 12:10
“Unicorns” loyihasi orqali andijonlik yoshlarning startaplari uchun 2 milliard so`m ajratiladi

Andijon shahridagi yangi qurilgan “Raqamli shahar”da(Digital city) yosh tadbirkorlar va startapchilarini qo`llab-quvvatlovchi “Unicorns” loyihasiga start berildi. Mazkur loyihada andijonlik yoshlarning biznes  loyihalari va startaplari qabul qilinib, eng saralari moliyalashtiriladi. Loyiha Prezident Shavkat Mirziyoevning 2020 yil may oyida Andijon viloyatiga tashrifida kiritilgan taklif asosida amalga oshirilmoqda.

Ochilish tadbirida “Yoshlar – kelajagimiz” jamg`armasiijrochi direktori Xayrulla Sattorov, “Yoshlar tadbirkorligini qo`llab-quvvatlash markazi” rahbari Orian Mehroj Rashidov,  Yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi raisi Oybek Yo`ldashev,  "Loyihalar boshqaruvi markazi" rahbari Ulug`bek Ismatovva andijonlik yosh tadbirkorlar, startapchilar qatnashdi. 

Tadbirda dastlab, “Unicorns” loyihasi taqdimoti o`tkazildi. Shuningdek, O`zbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi “Yoshlar – kelajagimiz” jamg`armasi va “Raqamli shahar” rahbariyati o`rtasida o`zaro hamkorlik kelishuvi tuzildi. 

—O`zbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi “Yoshlar – kelajagimiz” jamg`armasi  va O`zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo`llab-quvvatlash markazi hamkorligida tashkil etilgan  “Unicorns” loyihasi yangi biznes va startaplarni amalga oshirishga qaratilgan, deydi Ulug`bek Ismatov. —        Loyihaning asosiy maqsadi  esa O`zbekistondagi tadbirkorlik va startaplarni rivojlantirish hamda 1 mlrddollar qiymatga ega startaplar yaratilishiga erishishdir.

Tadbir davomida ma`lum qilinishicha, loyihaning ilk bosqichini amalga oshirish uchun 2 milliard so`m miqdorida mablag` ajratilgan. Asosiy ishchi hudud sifatida esa Andijon viloyati tanlangan. Loyiha startiga bag`ishlangan ochilish tadbirini ko`plab kuzatuvchilar  “Zoom” ilovasi orqali ham onlayn tarzda kuzatib borishdi. 

Ma`lumot uchun, “Unicorns” loyihasida 35 yoshgacha bo`lgan Andijon viloyatining barcha ësh tadbirkorlari va startapchilari qatnashishlari mumkin. U uch bosqichda olib boriladi. I bosqichda 10 iyundan 10 iyulga qadar  https://unicorns.uz veb sayti orqali  arizalar qabul qilinadi. II  bosqichda esa 10 iyuldan 10 avgustgacha   loyihalar saralanadi. Yakuniy bosqichda tanlab olingan eng sara loyihalarni amalga oshirish ustida ish boshlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1