AsosiyJAMIYAT

Yurtimizda koronavirus aniqlangan bemorlar soni 36 nafarga ortdi

Bugun, 13 iyun soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilg...

'Yurtimizda koronavirus aniqlangan bemorlar soni 36 nafarga ortdi'ning rasmi

Bugun, 13 iyun soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4937 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar beradi SSV matbuot xizmati.

Yangi kasallanganlar esa 36 nafarga ko`paygan.  Ularning 26 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 10 nafari Toshkent shahrida (shundan 2 nafari xorijdan kelib, qolgan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib karantinga olingan, 2 nafari esa aholi orasida) qayd etilgan.

Ayni paytda yurtimizda 3837 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog`aydi. 1081 nafar bemor davolanishda qolmoqda. Ulardan 14 nafarining ahvoli og`ir, 2 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

    Boshqa yangiliklar