AsosiyJamiyat

Andijonda tergov uchun binoga olib kirib ketilgan fuqaro IIB xodimlari tomonidan kaltaklanib, o`ldirildi (video)

'Andijonda tergov uchun binoga olib kirib ketilgan fuqaro IIB xodimlari tomonidan kaltaklanib, o`ldirildi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda IIB xodimlari tomonidan kaltaklangan fuqaroning ag`ir ahvoldagi holati aks etgan video tarqaldi.

Ayni paytda ushbu voqeaga Bosh prokuratura Matbuot xizmati tomonidan aniqlik kiritildi. 

Keltirilishicha, 2020 yil 30 may kuni Respublika shoshilinch tez-tibbiy yordam Andijon filialiga Andijon shahar, Salohiyat ko`chasida yashovchi fuqaro A.Abdukarimov tan jarohatlari bilan kelib tushgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilib, shu kuni Andijon shahar IIO FMB 4-son IIB xodimlariga nisbatan JKning 206-moddasi 1-qismi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Aniqlanishicha, IIB JQB tezkor vakillari ish yurituvdagi ariza yuzasidan fuqaro A.Abdukarimovni IIB ma`muriy binosiga olib kelib, hayoti va sog`ligi uchun xavfli bo`lgan zo`rlik ishlatib, noqonuniy ravishda ushlab turganliklari oqibatida uning huquqlari va qonuniy manfaatlariga jiddiy zarar etkazilishiga sababchi bo`lgan.

A.Abdukarimov sog`lig`i yomonlashganligi sababli Andijon shahar IIO FMB 4-son IIBdan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialiga yotqizilgan.

Jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tergov harakatlari davomida  01.06.2020 yilda 3 nafar ichki ishlar xodimlariga nisbatan JKning 206,  234 va 235-moddalari bilan ayb e`lon qilinib, “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Jabrlanuvchi A.Abdukarimovga shifokorlar tomonidan barcha tibbiy yordamlar ko`rsatilgan bo`lishiga qaramasdan 2020 yil 11 iyun kuni vafot etgan.

Hozirda jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar