12 iyun kuni Braziliyada koronavirusga chalinganlar soni Buyuk Britaniyadagi kasallardan oshib ketdi, deya yozdi Tarjumon.
Bu bilan Braziliya koronavirus tarqalishi bo`yicha dunyoda ikkinchi o`ringa ko`tarildi.Ayni paytda bu ro`yxatda AQSh “peshqadam” bo`lib turibdi.
Braziliyada 12 iyun kuni 25 982 kishi koronavirusni yuqtirib olgani ma`lum bo`ldi va yana 909 kishi bu kasallik qurboniga aylandi.
Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, hozirda Braziliyada kasallanganlarning umumiy soni 828 810 kishini,qurbonlar soni esa 41 828 kishini tashkil qilmoqda. Shuningdek,365 063 kishi koronavirusdan tuzalgan bo`lib, 421 919 kishi kasalxonalarda davolanmoqda.






