Amerikaning SpaceX texnologik kompaniyasi orbitaga internet-sun`iy yo`ldoshlarini olib chiqish muvaffaqiyatli amalga oshirilganini ma`lum qildi. Bu haqda kun.uz yozmoqda.
13 iyun kuni Falcon 9 raketa tashuvchi 58ta Starlink sun`iy yo`ldoshi va uchta SkySat qurilmasini orbitaga olib chiqdi.
Ushbu parvoz hisob bo`yicha to`qqizinchisi bo`ldi. Endilikda orbitadagi internet tarqatishga mo`ljallangan Starlink sun`iy yo`ldoshlari soni 538taga etdi.
Ilon Mask kompaniyasi er yuzi aholisini internet bilan ta`minlaydigan global tarmoq yaratishni rejalashtirgan.
SpaceX kompaniyasidan tashqari, OneWeb, Telesat, LeoSat va Amazon kompaniyalari ham butun insoniyatni internet bilan ta`minlaydigan global tarmoq yaratish ustida ish olib bormoqda.






