AsosiyJamiyat

O`zbekistonda «sariq» va «yashil» hududlar o`rtasida poezdlar qatnoviga ruxsat berildi

'O`zbekistonda «sariq» va «yashil» hududlar o`rtasida poezdlar qatnoviga ruxsat berildi'ning rasmi

O`zbekistonda «sariq» va «yashil» toifalarga ajratilgan hududlar o`rtasida sanitariya-gigiena qoidalariga qat`iy rioya etgan holda poezdlar qatnovini tiklashga ruxsat berildi. Bu haqda 14 iyun kuni Respublika maxsus komissiyasi qaroriga tayanib @koronavirusinfouz kanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, «fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida respublikada epidemiologik hududlarga qo`yilgan talablarni buzmagan holda Respublika maxsus komissiyasi tomonidan quyidagi poezdlar qatnovi tiklanishiga ruxsat berilgan:

  • Toshkent—Buxoro—Toshkent;
  • Toshkent—Termiz—Toshkent;
  • Toshkent—Xiva—Toshkent;
  • Toshkent—Nukus—Toshkent;
  • Andijon—Xiva—Andijon;
  • Andijon—Buxoro—Andijon;
  • Andijon—Termiz—Andijon.

«Bunda, Transport vazirligi Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan birgalikda hududlardagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib poezdlar qatnov rejasini belgilab boradi», — deyiladi Maxsus komissiya qarorida.

Shuningdek, Toshkent—Samarqand—Toshkent yo`nalishi bo`yicha sanitariya-epidemiologik talablarga qat`iy rioya etgan holda «Afrosiyob» poezdlarining qatnovlari yo`lga qo`yilishiga ruxsat berilgan.

    Boshqa yangiliklar