AsosiyJamiyat

Kuchaytirilgan sanitariya nazorati 1 avgustga qadar cho`zildi. Qaerda koronavirus aniqlansa, xarajatlar o`sha tashkilot hisobidan qoplanadi

'Kuchaytirilgan sanitariya nazorati 1 avgustga qadar cho`zildi. Qaerda koronavirus aniqlansa, xarajatlar o`sha tashkilot hisobidan qoplanadi'ning rasmi

Bugun maxsus komissiya qarori asosida yurtimizda joriy etilayotgan tartiblar haqida avvalroq xabar berib o`tdik

Yuqorida keltirilganlar bilan birgalikda, jamoat joylarida tibbiy niqobdan va antiseptik vositalardan foydalangan holda harakatlanish bo`yicha sanitariya-gigiena talabiga qat`iy rioya etilishi, shu jumladan ijtimoiy masofani saqlanishi ustidan nazoratni kuchaytirish belgilanmoqda. Bu haqda Maxsus komissiya axborotiga asoslanib Koronavirus.info kanali ma`lum qildi.

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlarga ajratish tartibi, shuningdek, kuchaytirilgan sanitariya-gigiena nazorati joriy yilning 1 avgustiga qadar saqlab qolinadi.

Karantin cheklovlari sharoitida faoliyat yuritishiga ruxsat berilgan tadbirkorlik sub`ektlariga (qurilish, umumiy ovqatlanish, xizmat ko`rsatish ob`ektlari va b.) tegishli ob`ektlarda belgilangan sanitariya-gigiena talablariga rioya etmaslik oqibatida koronavirus infeksiyasi aniqlangan taqdirda ushbu ob`ektlarni va shaxslarni karantinga olish hamda saqlash bilan bog`liq xarajatlar mazkur sub`ektlar hisobidan qoplanishi belgilandi.

    Boshqa yangiliklar