AsosiyJAMIYAT

Qashqadaryoda g`alla o`rimining besh kunidayoq yuqori ko`rsatkichga erishganlar hokim tomonidan taqdirlandi

Qashqadaryo viloyati hokimi  Zoyir Mirzaev g`alla o`rimi davomida har besh kunlikda m...

'Qashqadaryoda g`alla o`rimining besh kunidayoq yuqori ko`rsatkichga erishganlar hokim tomonidan taqdirlandi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati hokimi  Zoyir Mirzaev g`alla o`rimi davomida har besh kunlikda mavsumda yuqori ko`rsatkichlarga erishgan ilg`orlarning taqdirlanishi haqida aytib o`tgan edi. 

Shunga ko`ra, bugun mehnatkashlar orasidan "Eng ilg`or kombayn operatori", "Eng ilg`or otryad rahbari", "Eng ilg`or otryad a`zosi", "Eng faol g`alla tashuvchi avtomashina haydovchisi" nominasiyalarining har biri bo`yicha uch nafardan ilg`orlar munosib taqdirlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Taqdirlanganlar:

 "Eng ilg`or kombayn operatori"

•  Soyibjon Boymurodov – Koson tumanidagi 307-otryadning “Keys” rusumli g`alla o`rish kombayni operatori. O`rtacha bir kunda 118 tonnadan, jami 588 tonna don o`rib olgan. (1-o`rin, televizor bilan taqdirlandi);

•  Nuriddin Temirov – Mirishkor tumanidagi 64-otryadning “Keys” rusumli g`alla o`rish kombayni operatori. O`rtacha bir kunda 109 tonnadan, jami 545 tonna don o`rib olgan. (2-o`rin, chang yutgich bilan taqdirlandi);

•  Saidov Yaxyo – Kasbi tumanidagi 244-otryadning “Keys” rusumli g`alla o`rish kombayni operatori. O`rtacha bir kunda 71 tonnadan, jami 354 tonna don o`rib olgan. (3-o`rin, mikroto`lqinli pech bilan taqdirlandi);

 "Eng ilg`or otryad rahbari"

•  Gulmurod Farmonov – A/244-raqamli “Keys” rusumli g`alla o`rish kombayni bilan o`rtacha bir kunda 71 tonnadan don o`rib olgan. (1-o`rin, televizor bilan taqdirlandi);

•  Javlon Otamurodov – Muborak tumanidagi 166-otryad raxbari. F/166-raqamli “Keys” rusumli g`alla o`rish kombayni bilan o`rtacha bir kunda 87 tonnadan don o`rib olgan. (2-o`rin, chang yutgich bilan taqdirlandi);

•  Begali Qurbonov – Nishon tumanidagi 201-otryad rahbari. A/201-raqamli “Keys” rusumli g`alla o`rish kombayni bilan o`rtacha bir kunda 82 tonnadan don o`rib olgan. (3-o`rin, mikroto`lqinli pech bilan taqdirlandi);

 "Eng ilg`or otryad a`zosi"

•  Xumoyun Xushvaqtov – Koson tumanidagi 352-otryad. Otryad a`zosi Koson tumani Ichki ishlar bo`limi xodimi. 352-raqamli “Vektor-410” rusumli g`alla o`rish kombayni bilan o`rtacha bir kunda 80 tonnadan don o`rib olgan. (1-o`rin, televizor bilan taqdirlandi);

•  Ilxom Tog`aev – Qamashi tumanidagi 363-otryad. Otryad a`zosi Qamashi tumani  Ichki ishlar bo`limi xodimi. 363-raqamli “Klaas” rusumli g`alla o`rish kombayni bilan o`rtacha bir kunda 50 tonnadan don o`rib olgan. (2-o`rin, chang yutgich bilan taqdirlandi);

•  Karimjon Maxmanabiev – G`uzor tumanidagi 414-otryad. Otryad a`zosi Qashqadaryo viloyati Favqulotda vaziyatlar boshqarmasiga qarashli Nishon tuman bo`limi xodimi oddiy askar. 414-raqamli “Keys” rusumli g`alla o`rish kombayni bilan o`rtacha bir kunda 63 tonnadan don o`rib olgan. (3-o`rin, mikroto`lqinli pech bilan taqdirlandi);

"Eng faol g`alla tashuvchi avtomashina haydovchisi"

•  Ilxom Sherov – Nishon tumanidagi 192-otryadning 70 863 SAA-raqamli HOVO-rusumli avtomashina haydovchisi. O`rtacha bir kunda 74 tonnadan, jami o`tgan 5 kun davomida 368 tonna don tashigan. (1-o`rin, televizor bilan taqdirlandi);

•  Yo`ldosh Boboev –  Koson tumanidagi 303-otryadning 70 209 PAA-raqamli HOVO-rusumli avtomashina haydovchisi. O`rtacha bir kunda 60 tonnadan, jami o`tgan 5 kun davomida 300 tonna don tashigan. (2-o`rin, chang yutgich bilan taqdirlandi);

•  Jasur Yomg`irov – Mirishkor tumanidagi 63-otryadning 07-038-raqamli MAN-5432-rusumli avtomashina haydovchisi. O`rtacha bir kunda 104 tonnadan, jami o`tgan 5 kun davomida 520 tonna don tashigan. (3-o`rin, mikroto`lqinli pech bilan taqdirlandi).

Ma`lumot uchun, ilg`orlarga sovg`alarni senatorlar, deputatlar va viloyat tashkilotlari rahbarlaridan iborat jamoa etkazdi.

    Boshqa yangiliklar