AsosiyDunyo

AQShda koronavirusdan o`lim yoqasiga borib, sog`ayib ketgan 70 yoshli fuqaroga davolanish uchun ketgan rekord darajadagi hisob yozib berildi

'AQShda koronavirusdan o`lim yoqasiga borib, sog`ayib ketgan 70 yoshli fuqaroga davolanish uchun ketgan rekord darajadagi hisob yozib berildi'ning rasmi

AQShda koronavirusdan sog`ayib ketgan 70 yoshli Maykl Florga davolanish uchun 1,12 mln dollarlik hisob yozib berildi.

The Seattle Times nashrining xabar berishicha, erkak Sietl yaqinidagi Issakua shahrida joylashgan Swedish klinikasida rekord muddat - 62 kun davolangan. Florning ahvoli shunchalik og`ir bo`lganki, tungi navbatchilik hamshirasi erkak yaqinlari bilan vidolashishi uchun uning qulog`iga telefonni tutib turgan. Erkakning yuragi, buyraklari va o`pkasi ishlamay qolgan, biroq u sog`-omon qolgan.

Florga ko`proq kitobni eslatuvchi, 181 sahifa va 3 ming pozisiyadan iborat hisob yozib berilgan.

Ta`kidlanishicha, Florga intensiv davolash bo`limi palatasida o`tkazgan har bir kun 9736 dollardan, 39 kun davomida talab etilgan o`pkani sun`iy shamollatish qurilmasi esa kuniga 2835 dollardan aylangan. Yana 300 ming dollar dori-darmonga ketgan. Shunda erkakning umumiy davolanishi qiymati 1122501,04 dollarni tashkil qilgan.

E`tiborlisi, Flor keksalarni tibbiy sug`urtalash dasturi Medicare ishtirokchisi bo`lgani sababli, yuqoridagi summadan kichik qisminigina to`laydi. 

    Boshqa yangiliklar