AsosiyJAMIYAT

Karatinda to`y: kitoblik kelin-kuyovlar o`z shodiyonasini mehribonlik uyi bolalari bilan o`tkazdi (foto)

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yana bir karantindagi to`y bo`lib o`tdi. Kuyov Boburmi...

'Karatinda to`y: kitoblik kelin-kuyovlar o`z shodiyonasini mehribonlik uyi bolalari bilan o`tkazdi (foto)'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yana bir karantindagi to`y bo`lib o`tdi. Kuyov Boburmirzo va kelin Yulduzxonlar o`z baxtli kunlari xursandchiligini tumandagi 5-sonli Mehribonlik uyi bolajonlari bilan baham ko`rishdi. Bu haqda tuman hokimligi rasmiy kanalida ma`lum qilindi.

Keltirilishicha, Kitob tumanida karantin vaqti "yashil" hudud uchun  ruxsat etilgan tartibdagi to`ylar sekin - asta o`ta boshlayapti. Uni qanday tashkil etish, ixcham va kamxarj, boz ustiga vaziyat taqazosiga ko`ra namunali o`tkazish bu avvalo kuyov hamda kelinning ma`naviyati, qolaversa, kayvonilarning tashabbuskorligiga ham juda bog`liq.

Mustaqil hayotga birgalikda qadam qo`yayotgan Boburmirzo va Yulduzxonlar o`z oilaviy xursandchililarini Mehribonlik uyi bolajonlari bilan baham ko`rishni istashdi, deyiladi xabarda. 

Kelin-kuyov to`ydan to`yona sifatida tarbiyalanuvchilarga 100 dan ortiq turli badiiy kitoblar  sovg`a qilishgan.

    Boshqa yangiliklar

    Karatinda to`y: kitoblik kelin-kuyovlar o`z shodiyonasini mehribonlik uyi bolalari bilan o`tkazdi (foto) - Darakchi.uz