O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist, qiziqchi Mirzabek Holmedov farzandi Ulug`bek Xolmedovni uylantirdi. To`y tantanasi Xolmedovlar xonadonida bo`lib o`tdi. Ushbu tantana haqida "Bravo" kulgu jamoasi vakili Shahlo ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali video joylab xabardor qilgan.
To`y bazmi, karantin talablariga muvofiq hovlida kamchilik ishtirokida o`tkazilgan. Biroq, belgilangan tartibga asosan, 30 kishi emasligi tasvirlardan bilinib turibdi. To`yga o`zbek san`atkorlari jam bo`lishgan. Shuningdek, holbuki to`y marosimi karantin paytida bo`lgan ekan, bazmda ishtirok etganlarning hech birida "maska" ko`rinmagan.
Eslatib o`tamiz, bundan avval O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rashid Xoliqov, o`g`li — xonanda Sanjar Xoliqovni karantin sharoitida uylantirgani haqida xabar berilgan edi.






