1

2000 AQSh dollari evaziga "yuqoridagilar" orqali maktab direktorligini olib bermoqda bo`lgan Toshkent viloyati XTB bosh mutaxassisi qo`lga tushdi

Jinoyat 15.06.2020, 12:24
2000 AQSh dollari evaziga "yuqoridagilar" orqali maktab direktorligini olib bermoqda bo`lgan Toshkent viloyati XTB bosh mutaxassisi qo`lga tushdi

Toshkent viloyati Xalq ta`limi boshqarmasi bosh mutaxassisi firibgarlik ustida ushlandi. Bu haqda Darakchiga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Aniqlanishicha, Toshkent viloyati Xalq ta`limi boshqarmasi bosh mutaxassisi S.A. fuqaro E.Sh.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Olmaliq shahridagi maktablardan biriga direktor lavozimiga tayinlatishni va`da beradi.  

Buning evaziga XTB xodimi fuqarodan 2 000 AQSh dollari talab qilgan va  shudan 200 AQSh dollari va 2,7 mln so`mni muqaddam qo`lga kiritadi. 

Biroq, Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda kelishilgan puldan yana 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan S.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 
3-qismi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1