AsosiyJamiyat

Kecha tunda Andijondagi MChJ binosida ham katta yong`in sodir bo`ldi

'Kecha tunda Andijondagi MChJ binosida ham katta yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

Joriy yilning 14 iyun kuni taxminan soat 01:44 da Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga (FVB) Xo`jabod  tumani “Mustahkam” MFY, E.Qosimov ko`chasi 17-uyda joylashgan “Xo`jarbod Fayz-M” MChJ hududida yong`in sodir bo`lganligi to`g`risida ma`lumot kelib tushgan.  

Yong`in oqibatida taxminan 1200 m2 maydonining ichki qismidagi tikuv dastgohlari va yarim tayyor mahsulotlariga zarar etgan. Mazkur vaziyat yuzasidan viloyat FVBning rahbariyati boshchiligida 13 ta yong`in o`chirish ekipaji voqea joyiga etib borgan. Olib borilgan tezkor choralar natijasida yong`in soat 02:15 da o`rab olinib, 03:45 to`liq bartaraf etildi.  

Qutqaruvchilarning sa`y-harakatlari tufayli mazkur sexning erto`lasidagi qiymati 3 milliard so`mlik tayyor mahsulotlar, 6 ta “Isuzi” avtobusi saqlab qolindi. Ayni vaqtda yong`inning kelib chiqish sabablari o`rganilmoqda.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Sergeli tumanida MChJga tegishli katta omborxona yonib ketganligi haqida xabar bergan edik.

    Boshqa yangiliklar