Xabaringiz bor, O`zbekistonda 15 iyundan bir nechta faoliyat va harakatlar uchun ruxsat berildi. Xususan, mahalliy yo`nalishlarda avtobuslar ish faoliyati qayta tiklandi. Yoz mavsumi bo`lgani sabab ko`plab fuqarolarda shaxsiy mashinasida sayohatga chiqish istagi paydo bo`lmoqda. Ayni paytdagi tartibga ko`ra, shaxsiy avtomashinalarda ichki turizm doirasida sayohatga chiqishga ruxsat beriladimi?
Ma`lum qilinishicha, Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 29 maydagi 26-sonli yig`ilish bayoniga ko`ra, shaxsiy avtotransport vositalarining viloyatlararo harakatlanishiga yo`l qo`yilmasligi belgilangan.
Toshkent shahridan Toshkent viloyatiga hamda Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib-chiqish bundan mustasno.






