Ertaga, 17 iyun kuni tashkil etiladigan charter reyslar ro`yxati e`lon qilindi.
Unga ko`ra, ertaga Toshkent — Moskva — Toshkent reysi kutilmoqda.
Parvozga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro`yxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu ro`yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.
Ro`yxatga birinchi navbatda bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda keksa yoshdagi fuqarolar, shuningdek bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo`yiladi.
Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo`ladi.
O`zbekistonga qaytgan barcha fuqarolar 14 kundan kam bo`lmagan muddatga karantin markaziga joylashtiriladi.
Eslatib o`atmiz, Bugun Toshkent — Tel-Aviv — Toshkent hamda Toshkent — Dubay — Toshkent charter reyslari yo`lga qo`yiladi.






