Londonning “Qirollik universiteti” olimlari o`zlarining koronavirusga qarshi vaksinalarini odamlarda sinovdan o`tkazish uchun shu haftada ruxsat berilishiga umid qilishmoqda, deya yozdi Tarjumon.
Ushbu vaksinani ishlab chiqarish uchun yangi qurilmalar kerak bo`lmaydi,balki odatiy jihozlarning o`zi kifoya qiladi. Shunigdek, bu vaksinani ishlab chiqarish ancha arzonga tushadi, uning har bir dozasi atigi 3.76 dollar turadi.
Buyuk Britaniya hukumati vaksinani yaratish va uni sinovdan o`tkazish ishlari uchun 18.5 million funt miqdorida mablag` ajratgan bo`lsa, xususiy sektor vakillari yana 5 million funt berishgan.
“Qirollik Kolleji” olimlarining aytishicha, ushbu yangi vaksina odam organizmiga ukol orqali juda oz miqdorda-bir gramning mingdan biri miqdorida kiritiladi va u ko`payishni boshlaydi. Shundan so`ng vaksina organizmdagi hujayralarning koronavirus hujayralari yuzasida bo`ladigan oqsillarni ishlab chiqarishni boshlashiga sabab bo`ladi. Oqsillar etarlicha ko`p miqdorda paydo bo`lgach,ular immunitet tizimining koronavirusni aniqlab,uni xavfsizlantirishiga imkon yaratdi.
Ushbu olimlar jamoasining rahbari Robin Shattokning ma`lum qilishicha,ushbu vaksinaning juda oz miqdori bir kishiga etarli bo`ladi va uning bir litri 200 million odamga etishi mumkin.
“Bu juda juda oz miqdordagi doza hisoblanadi. Bu nafaqat xavfsizlik nuqtayi nazaridan juda yaxshi,balki ishlab chiqarishga ham borasida ham osonlikni keltiradi”, deydi Robin.
Ushbu vaksinaning hayvonlarda o`tkazilgan sinovlari yaxshi natija berdi. ”Qirollik Kolleji” olimlar jamoasi odamlarda sinov o`tkazish uchun ikki kunda ruxsat berilishini kutishmoqda. Birinchi bosqichida vaksina 120 kishida sinovdan o`tkaziladi. Shundan keyin yana 6000 kishida vaksinani tekshirish rejalashtirilgan.
“Hozida vaksinamizni 5 million dozada ishlab chiqarishga etadigan mablag`imiz bor. Bu 2.5 million kishiga, ya`ni mamlakatizdagi tibbiyot sohasida ishlovchilarning barchasiga etadi. Lekin, agar talab qilinsa, biz Buyuk Britaniyadagi barcha katta yoshlilarni vaksina bilan ta`minlash imkoniyatiga egamiz”, deydi Shattok.






