AsosiyJamiyat

"Yutboshimiz ishongan hokim keldi shaharga..." Rahbarga xush yoqish istagida qo`shiq tayyorlangani uchun axborot xizmati rahbari ishdan ketdi

'"Yutboshimiz ishongan hokim keldi shaharga..." Rahbarga xush yoqish istagida qo`shiq tayyorlangani uchun axborot xizmati rahbari ishdan ketdi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Nurafshon shahri hokimiga bag`ishlab kuylangan qo`shiq paydo bo`ldi.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati qo`shiq yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Keltirilishicha, hokim Q. Hakimov tug`ilgan sana – 15 iyun kuni shahar madaniyat bo`limi vakillari hamda boshqa mahalliy xonandalar qo`shiq ijro etib, rahbarga berishgan.  Mazkur qo`shiqqa shahar hokimligi axborot xizmati va madaniyat bo`limi birgalikda hududda turli davrlarda amalga oshirilayotgan ishlarga oid videolavhalarni qo`shib, rolik shaklida Nurafshon shahri hokimligining telegramdagi rasmiy kanalida e`lon qilishgan (https://kun.uz/72217029).

Hech kim bilan maslahatlashmay, rahbarga xush yoqish istagida tayyorlangan, shaxsga sig`inish alomatlari yaqqol sezilib turgan bunday qo`shiqni ijro etgan, rolik tayyorlagan va chop etgan "ijodiy jamoa" tegishli tartibda ogohlantirildi. Vaziyat keng miqyosda muhokama qilina boshlangach, davlat xizmatchisi sha`niga, nufuziga to`g`ri kelmaydigan ish qilganini anglagan shahar madaniyat bo`limi, axborot xizmati rahbari ishdan bo`shash haqida ariza yozdi.  

Viloyat hokimligi matbuot xizmati ma`lum qilishicha, Qahramon Hakimovning bunday ijodkorona "tuhfa" tayyorlanayotganidan xabari bo`lmagan. 

Eslatib o`tamiz, sal avval ushbu bag`ishlov-qo`shiq yuzasidan hokimning o`zi ham munosabat bildirgani xabar qilingan edi.

 

    Boshqa yangiliklar