AsosiyDunyo

Dubay taksilarida koronavirusga chalinganlarni aniqlash mumkin bo`ladi

'Dubay taksilarida koronavirusga chalinganlarni aniqlash mumkin bo`ladi'ning rasmi

Dubayning Yo`llar va Transport ma`muriyati taksilarda koronavirusga chalinganlarni aniqlash uchun sun`iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishni joriy qilmoqchi, deya xabar berdi WAM axborot agentligi, deya yozmoqda Tarjumon.

Ushbu texnologiya haydovchi va yo`lovchilarning ijtimoiy masofani saqlashlari va yuz niqoblaridan foydalanishlarini nazorat qiladi.

“Sun`iy intellektni ishlatish 100 foizlik natijani berishi ma`lum bo`ldi.Hozirda ushbu texnologiya sinov tariqasida qo`llanilmoqda. Istiqboldagi rejalarga ko`ra bu texnologiya barcha transport korxonalariga etkazib beriladi”, deydi “Aqlli xizmatlar” bo`limi ijrochi direktori Ahmad Mahbub.

“Sun`iy intellekt bir kunda 200 000 soatlik videofayllarni ishlab chiqish imkoniyatiga ega.Bu esa ishchilarning vaqtini tejaydi” deya qo`shimcha qilgan Mahbub.

    Boshqa yangiliklar