AsosiyJamiyat

Ayni soatda Toshkentda yana 42 bemor davolanib, uyiga kuzatildi

'Ayni soatda Toshkentda yana 42 bemor davolanib, uyiga kuzatildi'ning rasmi

Shu soatlarda poytaxtimizdagi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko`p tarmoqli klinikasida bir yo`la 42 nafar bemor sog`aydi, deyu xabar bermoqda SSV.

Shunday qilib, bugun kun davomida 77 nafar bemor sog`ayib, o`z uylariga kuzatildi. Kasallikdan forig` bo`lgan bemorlarning barchasi poytaxtimizdagi davolash muassasalarida shifo topishgan.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo`ylab koronavirus infeksiyasidan jami sog`ayganlar soni 4096 nafarga etgani qayd etilmoqda.

    Boshqa yangiliklar